Farg‘onada yiliga 10 mingta elektromobil ishlab chiqariladi
Foto: Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”
Farg‘ona shahrida joylashgan kichik sanoat zonasida elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Central Asia Motors” korxonasi Farg‘ona mexanika zavodi hududida faoliyat olib boradi va loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarni tashkil etadi. Uning 5 million dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i, 5 million dollari bank krediti bo‘lsa, qolgan 40 million dollari to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.
2022 yilda yakunlanadigan loyiha doirasida 350 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, korxona to‘liq quvvatda ishga tushgach, yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqariladi.
Loyiha tashabbuskorlari joriy yilning dekabr oyida dastlabki 4 ta yengil va 8 ta yuk elektromobilini test rejimida ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda gibrid quvvatli (tok va benzin) elektromobillar ishlab chiqarilib, elektr quvvati 20 foizdan kamayganda benzin dvigateli ishga tushadi hamda benzin bilan ishlash jarayonida elektromobil batareyasi quvvat oladi.
Botir MADIYOROV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring