Fargʻonada “JICA” bilan hamkorlikda turizm marshrutlari tashkil etiladi
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Tabiat resurslari vazirligining viloyat boshqarmasi hamkorligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISA) mutaxassislari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muloqot boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Fargʻona viloyatidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, yashil xiyobonlarda turizm marshrutlari tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish masalasi boʻyicha kelishib olindi.
— Bu inson va tabiat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yaxshilash, ekologik muvozanat barqarorligini taʼminlash va ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega, — deydi Tabiat resurslari vazirligi Fargʻona viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Madaminjon Ahmadjonov. — Oʻz navbatida bu borada ilgʻor xorij tajribalarini hayotga keng tatbiq etish ayni zaruratdir.
Yuzma-yuz muloqotda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari keyingi yillarda Oʻzbekistonda, xususan, Fargʻona viloyatida turizm sohasi rivojiga yuksak eʼtibor va ragʻbat koʻrsatilayotganini alohida mamnuniyat bilan eʼtirof etishdi. Istiqbolli hamkorlik doirasida soha rivojini zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish boʻyicha birgalikda ish olib borish maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidlashdi.
Aytish oʻrinliki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi yigirma yillik faoliyati mobaynida sayyoramizda inson hayoti xavfsizligi va yashash darajasi sifatini oshirish, tabiat neʼmatlarini asrash sohasida samarali ishlarni olib bormoqda. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda insoniyatning ertangi kun istiqboliga umid va ishonchini yuksaltirish, baxtli va farovon hayotni taʼminlash uchun mavjud salohiyatni toʻliq roʻyobga chiqarishga xizmat qiladigan doʻstona aloqalarni mustahkamlash agentlikning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring