Fargʻonada hamkasblarining nomiga kredit olib, pullarni qimorda yutqazgan shaxs ushlandi
Videodan kadr
Fargʻona viloyatida hamkasblarining nomiga yashirincha kredit olgan shaxs pullarni onlayn qimorda yutqazib qoʻydi. Bu haqda MY5 telekanalining “Hudud” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, Oltiariq tumanida yashovchi shaxs onlayn qimor oʻyinlariga berilib ketib, bor pullarini yutqazadi va qarzga botadi. Shundan soʻng u hamkasblarini firibgarlik yoʻli bilan aldab, ularning nomiga kredit oladi. Buni qarangki, “shovvoz” oʻsha pullarni ham onlayn qimorda yutqazib qoʻyadi.
Oradan biroz vaqt oʻtgach, qingʻir ishning isi chiqib, jabrlangan fuqarolarga kredit toʻlovi boʻyicha xabarnoma keladi. Shundan soʻng ular IIBga murojaat qilgan.
IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda kreditni fuqarolarning onlayn qimor oʻyinlariga berilib qolgan hamkasbi yashirincha rasmiylashtirgani aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, u 4 kishi nomiga jami 75 mln soʻm kredit olgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “d” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tarzda qoʻlga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring