“Krokus”dagi terakt ijrochilari umrbod ozodlikdan mahrum etildi

21:08 12 Mart 2026 Dunyo
382 0

Rossiyada 2024-yilning mart oyida 149 kishining hayotiga zomin boʻlgan “Krokus Siti Xoll”dagi terakt ijrochilari umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

“2-Gʻarbiy okrug harbiy sudining sud kollegiyasi Moskva shahar sudida boʻlib oʻtgan sayyor majlisda Shamsidin Fariduni, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizodani umrbod ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi”, — deyiladi xabarda.

Jazoning bir qismini ular qamoqxonada, qolgan qismini esa alohida tartibli koloniyada oʻtashlari belgilandi. Shuningdek, sud ularning har biriga 990 ming rubl miqdorida jarima tayinladi.

Bundan tashqari, sud teraktga sheriklik qilgan 15 kishiga nisbatan ham hukm chiqardi. Ular 19-yil-u 11 oydan boshlab umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha boʻlgan muddatlarga hukm qilindilar.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 22-mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zaliga qurollangan terrorchilar bostirib kirib, tashrif buyuruvchilar va xodimlarga qarata oʻt ochgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?