Fargʻonada ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli toʻlanmoqda
2025–2026-yillar isitish mavsumida mamlakatning barcha hududlarida ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 million soʻm miqdoridagi bir martalik moddiy yordam ajratish belgilab qoʻyilgan.
Fargʻona viloyatida bu maqsadda 118 ming 654 ta ehtiyojmand oilaga jami 118 mlrd 654 mln soʻm miqdorida bir martalik yordam toʻlab berish rejalashtirilgan.
— Hozirga qadar 8 mingdan ortiq oilalarga ushbu yordam puli toʻliq yetkazib berildi, — deydi Fargʻona shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Lolaxon Qodirova. — Jumladan, “Ijtimoiy himoya” yagona reyestridagi 4 513 ta va “Kambagʻal oila” reyestriga kiritilgan 1 130 ta oila ushbu koʻmakdan bahramand boʻldi.
Bundan tashqari, yaqinda “Kambagʻal oila” reyestridan chiqarilgan “yashil” toifadagi 319 ta hamda “mahalla yettiligi” tomonidan yuritilgan roʻyxat asosida 2 194 ta oilaga ham bir martalik moddiy yordam tarqatildi.
Bagʻdod tumani Saidobod mahallasining 146 ta ehtiyojmand oilasiga moddiy yordam puli manzilli yetkazildi. Shu mahallada istiqomat qiluvchi Azizaxon Umarrasulova turmush oʻrtogʻidan ayrilib, ikkinchi guruh nogironligi bilan ikki farzand tarbiyalayotgan boʻlsa-da, davlat tomonidan berilgan mazkur yordam puliga imtiyozli ravishda arzon koʻmir xarid qilganini aytib oʻtdi.
— Biz tuman markazidan eng olis hududda yashaymiz, — deydi Rishton tumanidagi “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Tolibjon Sultonov. — Mahalladagi 46 ta oilaga bir martalik moddiy yordam toʻliq yetkazilgani mavsumning xotirjam oʻtishida juda katta ahamiyat kasb etdi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring