Fargʻona viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish va maishiy korrupsiyaning oldini olish ishlari oʻrganildi
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyati mahallalarida xavfsiz muhitni shakllantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirish hamda korrupsiya, shu jumladan maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.
Oʻrganishlar davomida viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlari, mutasaddi tashkilotlar, “mahalla yettiligi” aʼzolari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida joylardagi holat tahlil qilindi.
Xususan, profilaktik choralar samaradorligini oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda ochiqlik va javobgarlikni taʼminlash, shuningdek, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, ishchi guruh aʼzolari Qoʻqon dehqon bozori, Margʻilon dehqon bozori va bir qator savdo majmualarida boʻlib, bozor faoliyatida raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi. Bozorlar faoliyatini raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash, maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga, senator xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining navbatdagi oʻn toʻrtinchi sessiyasida ham ishtirok etdi. U oʻz chiqishida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ijobiy ishlarga eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatida yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchilik va muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring