Fargʻona tumanida 831 mln soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi
Foto: “Hududgaztaʼminot”
Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Shunday nazorat tadbirlardan biri Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida “Buloqzor” MFYda joylashgan “S. b.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilgan.
Oʻrganishlar davomida isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 831,7 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring