Donald Tramp Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozini minalashtirishdan ogohlantirdi

20:40 11 Mart 2026 Dunyo
164 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Eron Hoʻrmuz boʻgʻoziga mina oʻrnatsa, keskin choralar koʻrishini maʼlum qildi. Tegishli post “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.

— Agar Eron Hoʻrmuz boʻgʻoziga mina oʻrnatgan boʻlsa, biz ulardan buni zudlik bilan olib tashlashni talab qilamiz, — deb yozdi Amerika yetakchisi.

Respublikachi oʻz ixtiyorida hozircha boʻgʻoz minalashtirilgani haqida maʼlumotlar yoʻqligini taʼkidladi. Shu bilan birga, u minalar oʻrnatilgan taqdirda, Eron uchun harbiy oqibatlar misli koʻrilmagan darajada boʻlishidan ogohlantirdi.

— Agar ular minalarni olib tashlasa, bu toʻgʻri yoʻnalishdagi ulkan qadam boʻladi, — deya qoʻshimcha qildi u.

Trampning soʻzlariga koʻra, AQSH harbiylari Eron tomonidan mina oʻrnatish uchun foydalaniladigan kemalarni ishdan chiqarishga tayyor boʻladi.

Avvalroq xorijiy OAV AQSH razvedka xizmatlari Eronning Hoʻrmuz boʻgʻozidagi kema qatnov yoʻllariga mina oʻrnatishga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida maʼlumot olgani haqida xabar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер