Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi ishga tushirildi
Oʻzbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishlab chiqarilayotgan birinchi guruhga oid bazaviy moylar sifatini oshirish va ularni Yevropa standartlariga yetkazish imkonini beradi.
Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ)da ishlab chiqarilayotgan bazaviy moylar sifatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli dasturni amalga oshirish ishlari boshlandi. Dastur doirasida atmosfera-vakuum kolonnasini modernizatsiya qilish, shuningdek, mineral bazaviy moylar ishlab chiqarish qurilmalarini taʼmirlashni nazarda tutadi. Dasturning maqsadi moylarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini eng yaxshi Yevropa standartlariga javob beradigan darajaga yetkazishdan iborat.
Dasturning birinchi bosqichi doirasida bazaviy moylarni gidrotozalash kolonnasidagi katalizator almashtirildi. Ushbu qurilma moy mahsulotlarini oltingugurt, azot, aromatik uglevodorodlar va qatronli asfalt moddalardan chuqur tozalashni amalga oshiradi, ular moylarning oksidlanish barqarorligi, korroziya xususiyatlari va rangiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Saneg texnik mutaxassislari tomonidan eng zamonaviy yechim tanlandi - katalitik jarayonlar texnologiyalari boʻyicha jahon yetakchisi hisoblangan Daniyaning Topsoe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “HyBRIM” oilasiga oid katalizator. Bu oltingugurt va azot aralashmalaridan chuqur tozalashni taʼminlaydigan yangi avlod katalizatorlaridir.
«Bazaviy moylar sifatini yaxshilash dasturi — kompaniyaning innovatsiyalarga intilishi va mahsulotlarni takomillashtirish sari qadamdir. Yangi katalizator gidrotozalash moslamasining imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish hamda antioksidant va korroziyaga qarshi yaxshilangan xususiyatlarga, yaxshilangan rangga ega moylarni ishlab chiqarish imkonini beradi, bu esa mahsulotni bazaviy moylar uchun global API standartlari sari yaqinlashtiradi, — dedi Saneg bosh direktori Toʻlqin Yusupov.
Gidrotozalashdan soʻng takomillashtirilgan bazaviy moylar “SEG Motol” brendi ostida motor, transmissiyavviy, gidravlik, reduktor, kompressor va boshqa turdagi tijorat moylarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. 2024-yilda kompaniya 130 ming tonnaga yaqin bazaviy moylarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring