Fargʻona YHXB boshligʻi lavozimidan ozod etildi
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Fargʻona viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, podpolkovnik Akmal Ahmedov yaqin qarindoshiga tegishli boʻlgan, davlat raqami 40 081 SBA boʻlgan “Malibu-2” mashinasida sodir etilgan qoidabuzarliklarni qonunga zid ravishda yashirishga uringani fosh etilgan. Avtomashinaga belgilangan jarimalar davlat foydasiga toʻliq undirilgan.
Hozirda mazkur qonunbuzarlikka toʻliq huquqiy baho berish uchun qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Aytish joiz, bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida davlat raqami 40 081 SBA boʻlgan “Malibu-2” mashinasi 106-marta qoida buzgani, mazkur qoidabuzarliklar “oxirgi zarurat holatida qoida buzgan” deb topilgan holda bekor qilingani haqida xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring