Fargʻona hokimi Xayrullo Bozorov operatsiya qilindi

14:20 28 Iyul 2021 Jamiyat
1361 0

Maʼlumki, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan bogʻliq turli asossiz mish-mishlar keng tarqalmoqda.

Bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat bilan chiqdi.

«Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov joriy yil 27-iyundan boshlab Toshkent shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy davolanishda boʻlib turibdi hamda sekvestrlangan bel umurtqa churrasi diagnozi bilan bel sohasida kichik jarrohlik amaliyoti oʻtkazdi.

Xayrullo Bozorov hozirda statsionar sharoitda reabilitatsiya jarayonini oʻtkazmoqda, ishlarni masofadan onlayn tarzda muvofiqlashtirib bormoqda. Yaqin kunlarda viloyat hokimi odatiy ish faoliyatiga qaytishini maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi bilan bogʻliq tarqalayotgan mish-mishlarga ishonmasligingizni soʻraymiz. Yolgʻon axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud ekanini eslatib oʻtamiz», deyiladi unda.

Botir Madiyorov,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер