Falastin boʻyicha “Nyu York deklaratsiyasi” qabul qilindi
Foto: BMT
BMT Bosh Assambleyasi Falastin masalasi boʻyicha “Nyu York deklaratsiyasi”ni maʼqulladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berildi.
Manbaga koʻra, 193 aʼzo davlatdan 142 tasi hujjatni qoʻllab-quvvatladi. Oʻzbekiston ham deklaratsiyani yoqlab ovoz bergan davlatlar qatorida boʻldi.
Isroil deklaratsiyaga qarshi chiqdi. U bilan bir qatorda Argentina, Vengriya, Mikroneziya, Nauru, Palau, Papua Yangi Gvineya, Paragvay, Tonga va AQSH ham “qarshi” ovoz berdi.
Betaraf qolgan davlatlar esa 12 ta: Avstraliya, Avstriya, Bolgariya, Kanada, Chexiya, Germaniya, Gvatemala, Italiya, Litva, Niderlandiya, Ruminiya va Ukraina.

Fransiyaning BMTdagi elchisi Jerom Bonnafonga koʻra, deklaratsiya ikki davlatli yechimni amalga oshirish uchun yagona yoʻl xaritasini belgilaydi. Unda Gʻazoda otishmalarni toʻxtatish, garovdagilarni ozod qilish, mustaqil va suveren Falastin davlatini tuzish, HAMASni qurolsizlantirish, shuningdek, Isroil va arab mamlakatlari oʻrtasida munosabatlarni normallashtirish nazarda tutilgan.
Isroilning BMTdagi elchisi Denni Danon esa hujjatni “bir tomonlama va maʼnosiz” deb baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror Assambleyaning nufuziga putur yetkazishi va HAMASning gʻalabasi sifatida talqin qilinishi mumkin.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa asosiy masala — ikki davlatli yechim ekanini taʼkidlab, “Isroil va Falastin bir-birining yonida tinch va xavfsiz yashashi zarur”, dedi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring