Yevropa Ittifoqi Rossiya kompaniyalari va ommaviy axborot vositalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi 16-sanksiya paketining bir qismi sifatida Rossiyaning “soya floti” deb ataladigan kemalar egalariga va Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qoʻllab-quvvatlovchi yoki undan foyda koʻruvchilarga cheklovlar qoʻyadi. Bu haqda Yevrokomissiya tarqatgan press-relizda aytildi.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Rossiyaning birlamchi alyuminiyini import qilishni taqiqlashni oʻz ichiga oladi hamda xloropikrin va xrom birikmalari uchun prekursorlarni Rossiyaga sotish taqiqlanadi. Ular nazorat qilayotgan Rossiya kompaniyalari va tashkilotlariga samolyotlar va aviatsiya texnologiyalarini, jumladan, dronlarni boshqarishda foydalanilayotgani aytilayotgan oʻyin pristavkalarini sotib olish taqiqlangan.
Yangi sanksiyalar Rossiyaning “EADaily/Euratsia Daily”, “Fondsk”, “Lenta”, “NewsFront”, “RuBaltic”, «SouthFront”, “Strategic Culture Foundation” va “Krasnaya Zvezda” kabi sakkizta ommaviy axborot vositasining Yevropada faoliyatini taqiqlashni ham oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 13 ta bankini SWIFT toʻlov tizimidan uzib qoʻydi.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, BAA, Singapur, Turkiya va Oʻzbekistondan 53 ta kompaniya kiritildi.
Shu yilning 24-fevral kuni Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi 16-sanksiya paketini maʼqulladi.
Shu kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ukrainaga joriy dasturlar boʻyicha mart oyida 3,5 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam transhini oʻtkazishga vaʼda berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring