Ertaga ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni
Ertaga ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlumot uchun, 2026-yilning 1 yarmida boʻlib oʻtadigan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida oʻtkaziladi.
Joriy yilning 1 yarmida ona (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish 9-yanvargacha boʻlib oʻtadi. Toʻlovlar esa 10-yanvar kuniga qadar davom etadi.
Test sinovi uchun talabgorlar “my.gov.uz” sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi. Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring