Ertadan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

13:31 01 Fevral 2026 Jamiyat
418 0

Ob-havo haroratining biroz koʻtarilishi fonida metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan vaqtincha cheklovlar biroz yumshatilmoqda. Energetika vazirligi xabariga koʻra, ertaga, 2-fevraldan boshlab Oʻzbekistonning qator hududlarida metan “zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.

Faqat Fargʻona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda taʼminlanadi.

Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi sababli 20-yanvardan metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер