Yerni koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer soligʻidan ozod qilinadi

“Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni [PF-26-son, 21.02.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi:
- yer uchastkalarini koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish boʻyicha auksion savdolarida qatnashish, koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni toʻlovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;
- yer uchastkalarini koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish boʻyicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari koʻrsatiladi;
- auksion savdolarida yer uchastkasini koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi;
- 2025-yil 1-martdan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan koʻpi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring