Erdoʻgʻonning raqibi hibsga olindi
Istanbul muxolifat meri Akrom Imomoʻgʻli hibsga olindi. Imomoʻgʻlining uyi tintuv qilinib, mer Istanbul politsiya boʻlimiga olib ketilgani maʼlum. Bu haqida “Kontekst” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, hozirda Istanbul shahrida mitinglar oʻtkazish taqiqlangan hamda ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklab qoʻyilgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, shahar hokimiyatiga qarshi tergov boshlangan. 106 nafar gumonlanuvchini hibsga olish uchun order berilgan. Bosh prokuraturaning taʼkidlashicha, tergov davomida korrupsiya va noqonuniy tenderlar aniqlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Imomoʻgʻli va bir nechta ishbilarmonlar noqonuniy daromad olishgan, pul yuvishgan, mablagʻlarni maxfiy hisob raqamiga oʻtkazishgan. Imomoʻgʻli aytadiki, hukumat xalqning irodasini tortib olgan va politsiyani yovuzlik uchun vosita sifatida ishlatmoqda.
“Biz buyuk zulmga duch keldik. Ammo men taslim boʻlmasligimni bilishingizni istayman. Men barchangizni juda yaxshi koʻraman, millatga ishonaman”, — dedi shahar hokimi.
Ilgari Istanbul universiteti Shahar merining diplomini bekor qilgan edi. Shu sababli siyosatchi prezidentlikka nomzodini qoʻya olmaydi. U amaldagi prezident Erdoʻgʻonning asosiy raqibi sifatida tanilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring