Yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari, shoʻba boshlig‘i va boshqa shaxslar ushlandi
Foto: IJQK departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.K.” fermer xo‘jaligini norasmiy boshqarib kelgan I.I. xo‘jalikning issiqxona hamda qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan 70 sotix yer maydonini fuqaro O.N.ga chorvachilik yo‘nalishida foydalanish uchun 70 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Q.R. va M.B. Baliqchi tumanidagi boshqa fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan 24 sotix yer maydonini fuqaro X.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 45 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.A. fuqaro U.Q.ga Oqdaryo tumani “Taraqqiyot” MFY hududidagi 1 gektar zaxiradagi sug‘oriladigan yer maydonini issiqxona qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib olib berish evaziga 40 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Kogon tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi shoʻba boshlig‘i O.Q. va “N.” MFY bo‘yicha tuman hokimi yordamchisi B.T. fuqaro A.X.ga go‘yoki vakolatli tanishlari yordamida “O‘.” MFY hududidagi hokimlik zaxirasidagi 40 gektar yer maydonini 10 000 AQSH dollari evaziga “auksion” savdolari orqali olib berishlarini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring