Energiya samaradorligini oshirish — asosiy maqsad
Bosh prokuratura tomonidan sohaning malakali mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda Surxondaryoda viloyatida Prezidentning “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hududiy va tuman (shahar) shtablari a’zolari uchun "Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari" mavzusida sayyor seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan viloyat va tuman (shahar) shtablari ishni to‘g‘ri tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirib borish, energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologiya yo‘qotishlarini kamaytirish, energiya resurslarini talon-taroj qilish holatlarini fosh etish va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida barcha shtab a’zolaridan test sinovlari olinib, bilim va ko‘nikmalari baholandi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga yuqoridagi qarorga asosan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo ishchi guruhlarining vazifalari, energiya balansini ishlab chiqish, ko‘rsatkichlarini bajarish, energiyani tejash dasturlari ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatni tashkil etish mexanizmlari tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring