Energetika sohasidagi hamkorlik
Toshkent shahrida 3-iyul kuni Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalari Energetika vazirlarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib borayotgani, koʻp qirrali hamkorlik tobora kengayayotgani alohida taʼkidlandi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida barcha sohalar qatori energetika sohasidagi hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratilayotgani, gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan “Qambarota GES-1” qurilishini jadallashtirishga kelishilgani qayd etildi.
Uchrashuvda ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi elektr uzatish liniyalarini qurish hamda suv resurslaridan unumli foydalanish bilan bogʻliq tashkiliy va huquqiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Joriy yilda suv resurslaridan samarali foydalanish, kuz-qish davrida energiya tizimidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyev tomonidan tegishli protokollar imzolandi.
Shu kunning oʻzida Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T. Ibrayev va Qozogʻiston Respublikasi Energetika vaziri A. Satkaliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring