Endilikda tadbirkorlar xorijda oʻtkaziladigan ixtisoslashgan sanoat koʻrgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi
“Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–298-son, 08.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” loyihasi doirasida har yili quyidagilar amalga oshiriladi, jumladan:
- kamida 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida investitsiyalarni jalb qilgan holda oziq-ovqat, mebelchilik, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa ixtisoslashgan yoʻnalishlarda kamida 10 tadan yirik investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
- ilgari oʻz mahsuloti bilan tashqi bozorlarga chiqmagan kamida 3–5 tadan korxona eksport faoliyatiga jalb qilinadi;
- xorijiy davlatlardan texnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi;
- 10 nafardan tadbirkorlar xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan ixtisoslashgan sanoat koʻrgazmalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
“Yashil” va energiya samarador hududlarni rivojlantirish doirasida:
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi;
- 2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari energiya samarador uskunalar bilan toʻliq jihozlanadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-martdan boshlab bittadan ijtimoiy soha muassasasi binolarini “Nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilish boʻyicha pilot loyihalar boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring