Endi soliqdan qarzi bor tadbirkor manzilini oʻzgartira olmaydi
Oʻzbekistonda ayrim qarzdorligi yuqori boʻlgan korxonalar soliq toʻlamaslik uchun bir hududdan boshqa hududga koʻchish, pochta manzilini notoʻgʻri koʻrsatish holatlari kuzatilgan. Bu haqda DXA xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayrim davlat idoralari tadbirkorlik subyektini boshqa hududga koʻchirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish holatlari ham mavjud boʻlgan. Masalan, katta qarzdorligi mavjud korxona boshqa hududga koʻchib oʻtishi, oʻsha tumanning iqtisodiyotiga katta salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Mazkur holatlarni oldini olish uchun Hukumat tomonidan qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Natijada, 2021-yil 2-martdan boshlab yuridik shaxsning manzilini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta roʻyxatdan oʻtkazishda:
yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi;
amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilmaganligi;
soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi tadbirkorlik subyekti hisoblangan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ushbu jarayon maxsus avtomatlashtirilgan tizimining Davlat soliq qoʻmitasiga integratsiya qilingan holda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonning avtomatlashtirilishi – biznes faoliyatiga asossiz aralashish holatlarini aniqlash, har bir qarzdorligi oshib borayotgan korxonalarni boshqa hududlarga koʻchib borishini oldini olish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida masʼuliyat hissi oshishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring