Elektrdan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 370 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida YATT “N.U.” savdo doʻkonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 110,3 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Urgut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “I.Y.” MCHJ rahbari K.A. va “B.F.” MCHJ rahbari B.A.lar “Bogʻishamol” MFY hamda “Kamangaron” MFY hududlarida qurilgan koʻp qavatli uylarda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 260,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan Jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring