Eldor Shomurodovning asosiy raqobatchisi “boʻrilar toʻdasi”dan haydalishi mumkin
Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik yaqin vaqt ichida “Roma” safini tark etishi mumkin. “Roma Press” nashrining yozishicha, rimliklar futbolchini yana Ispaniya La Ligasiga qaytarish masalasini koʻrib chiqmoqda. Xususan, Dovbikning sobiq jamoasi “Jirona” uni yana safga qoʻshishga qiziqish bildirgan va transfer borasida boshqalardan ilgarilab ketgan.
Garchi Artyom Dovbik “Roma” safidagi birinchi mavsumida 16 ta gol urishga erishgan boʻlsa-da, klub rahbariyati uni yetarli darajaga chiqa oladi deb hisoblamayapti. Shuningdek, “Roma” moliyaviy muvozanatni tiklash niyatida boʻlib, ushbu transferdan daromad olishga umid qilmoqda. Shu sababli klub Dovbikni sotish variantini jiddiy tahlil qilmoqda.
“Jirona” tomoni esa futbolchini yana jamoaga qaytarishga tayyor. Klub bosh murabbiyi Mishel Dovbikning salohiyatiga ishonadi va uni yana avvalgi sport formasiga qaytarish imkoniyati borligiga ishonadi.
“Roma” futbolchiga sarflagan mablagʻning katta qismini qaytarib olmoqchi. Ayni paytda esa “Jirona” ushbu mablagʻni toʻlashga qodir emasligini maʼlum qilgan. Shunday boʻlsa-da, muzokaralar davom etmoqda va tomonlar kelishuvga erishishga harakat qilib koʻradi.
Gap shundaki, ukrain futbolchisi hamyurtimiz Eldor Shomurodovning klubdagi eng asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Klub Eldor bilan shartnomani uzaytirishi esa “boʻrilar”ning Dovbikdan koʻra uni ustun koʻrishini koʻrsatmoqda. Rimlik muxlislar ham Shomurodovni olib qolishni, Artyomni esa klubdan ketkazish kerakligi haqida talablar bilan chiqishgan. Hozircha aniq transfer tafsilotlari mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring