Ekspertlar Uxanda koronavirus tarqalishiga oid dalil topmadi — JSTT

22:00 09 Fevral 2021 Dunyo
1198 0

Foto: AP

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmadi. Bu haqda Uxan shahrida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanning aytishicha, tadqiqot davomida koʻrshapalaklar va pangolinlar orasida "SARS-CoV-2" oʻxshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar “SARS-CoV-2”ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qiladi. 

Lyanning qoʻshimcha qilishicha, ekspertlar guruhi Uxan shahrida 2019-yil dekabrigacha “Covd-19”ning tarqalishiga sabab boʻlgan yirik oʻchoqlar haqida hech qanday dalil topmagan.

JSSTning zoonoz kasalliklari boʻyicha mutaxassisi va xalqaro ekspertlar guruhi rahbari Piter Ben Embarekning aytishicha, maʼlumotlarning yetishmasligi sababli Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga kirib kelgan virusning holatini aniqlash mumkin emas. Shu bilan birga, mutaxassislar virusning bozor tashqarisida keng tarqalishini aniqlaganlar. Embarekning qoʻshimcha qilishicha, JSST mutaxassislari Uxanda oʻtkazgan tekshiruvda yangi maʼlumotlar aniqlangan, ammo ular “Covid-19” epidemiyasining manzarasini tubdan oʻzgartirmagan.

Koronavirusning yangi turiga sabab boʻlgan “Covid-19” pnevmoniyasining avj olishi ilk bor 2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi.

Dastlab, yuqtirish manbai Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori ekanligi aytildi. JSST ishonchli axborotlarga ega boʻlmaganligi sababli ushbu bozor haqiqatan ham koronavirusning tarqalish manbai ekanligini tasdiqlamagan. Bundan tashqari, infeksiya Uxan virusologiya instituti laboratoriyasidan yoyila boshlagan, degan xabarlar paydo boʻlgan edi.

Xitoy virus tarqalishini yashirganlikda, vaziyat haqida ochiq gapirgan shifokorlarning ovozini oʻchirishga urinishda va sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida dunyoga kech xabar berganlikda, shuningdek, virusning kelib chiqishi yuzasidan tashqi tekshiruv oʻtkazishga xalaqit berganlikda ayblanmoqda.

Odinroq, Embarek “Covid-19“ odamlarga ”oraliq-vosita" orqali yuqtirilgan boʻlishi mumkinligi aytib oʻtgani haqida xabar qilgan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер