Ekologik partiya tozalangan yomgʻir suvidan foydalanish dasturini ishlab chiqishni taklif qilmoqda
Foto: Ekologik partiya matbuot xizmati
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv tanqisligi sharoitida tozalangan yomgʻir suvidan foydalanish dasturini ishlab chiqishni taklif qilmoqda.
“Oʻzbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizda yomgʻir suvidan foydalanish tizimini joriy etish dasturini qabul qilishni taklif qilmoqda. Partiyamiz bu borada takliflar ishlab chiqib, hukumatga taqdim etadi”, — deyiladi Ekologik partiya xabarida.
Matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, birgina Markaziy Osiyoda soʻnggi 50-60-yil ichida muzliklar maydoni qariyb 30 foizga qisqargan, Oʻzbekiston esa “suv stressi” aziyat chekayotgan davlatlar reytingida 25-oʻrinni egallagan.
Ekologik partiya toʻgʻri tozalangan yomgʻir suvi turli ishlab chiqarish jarayonlarida qayta foydalanish uchun maʼlum talablarga javob beradi, deb hisoblaydi.
“Mutaxassislarning fikricha, yomgʻir suvidan foydalangan holda bir kishi kuniga oʻrtacha 71 litrgacha ichimlik suvini tejash imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, suv tanqisligi tufayli respublikada soʻnggi paytlarda yillik suv isteʼmoli oʻtgan asrning 80-yillaridagi 64 milliard kub metrdan 51-53 milliard kub metrgacha kamaygan. Respublikada bir kishi boshiga suvning solishtirma isteʼmoli yiliga 1,56 ming kub metrgacha kamaydi, aholi soni esa yillar davomida 15 million kishidan 2023-yilda 36,8 million kishiga oʻsdi.
Markaziy Osiyo davlatlararo suv resurslarini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, 2040-yilga borib mintaqada suv bilan taʼminlanganlik bu mamlakatlar isteʼmoli va iqtisodiyotining oʻsishi tufayli deyarli 25 foizga – bir kishi boshiga yiliga 1,5 ming kub metrgacha kamayishi mumkin. Amudaryo va Sirdaryoda suvning ortiqcha sarflanishi ularning quyi oqimida suv resurslarining tanqisligiga, xususan, Orol dengizining qurishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring