Ekoaksiya: chiqindilar hosil boʻlishini kamaytiradi

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi 30-mart — Xalqaro chiqindisiz kun munosabati bilan yugurish orqali chiqindilarni saralab yigʻish — «plogging» tadbirlarini oʻtkazdi.
Termiz shahrining Guliston mahallasida joylashgan «Amudaryo dam olish maskani» hududida tashkil etilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻtkazilayotgan ushbu «plogging» tadbir hududlarimiz toza-ozodaligini taʼminlash, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uygʻotishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Aksiya doirasida ishtirokchilar hududdagi plastik butilkalar, alyumin bankalar, makulatura va oʻramlardan tozaladilar. Faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Qayd etish kerakki, Xalqaro chiqindisiz kunni oʻtkazish orqali chiqindisiz tashabbuslarni ilgari surish bilan keng jamoatchilikning atrof-muhitga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, barqaror isteʼmol va ishlab chiqarish modellarini targʻib qilish, aylanma iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan.
Farhod ESONOV
(«Xalq soʻzi»).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring