Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 95 milliondan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 93 million 194 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 14 mingdan ziyod kishi vafot etgan (17.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:35 holatiga koʻra). Bu haqda Oʻzbekiston SSV maʼlum qildi.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 683 378 yangi holati aniqlandi, 12 893 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (18.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 95 million 42 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 30 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 23,344 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,557 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,393 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,568 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,357 milliondan ortiq).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring