Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni “Boeing” bilan ulkan bitim imzolangani bilan tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv oʻtkazgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu uchrashuvda bu galgi tashrif chogʻida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Boeing” bilan ulkan bitim imzolangani bilan tabrikladi. Bu haqda u “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Shu oy boshida men Oʻzbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni “Boeing” bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! “Uzbekistan Airways” 8 milliard dollardan ortiq mablagʻ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qoʻshma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev — bir soʻzli inson va biz boshqa koʻplab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur”, deb yozgan Tramp.
“Uzbekistan Airways”ning maʼlum qilishicha, kompaniya “Boeing” bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish boʻyicha qatʼiy shartnoma imzolagan, yana 8 ta havo kemasi esa opsion tariqasida koʻzda tutilgan. Dastlabki yetkazib berishlar 2031-yildan boshlanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, yangi avialaynerlar asosiy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashishni yanada kengaytirish, parvozlar jadvalining barqarorligini mustahkamlash va aviakompaniyaning marshrut tarmogʻini kengaytirish imkonini beradi. Bu orqali Markaziy Osiyo Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqalari bilan yanada mustahkam bogʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring