Deputatlar kredit bilan bogʻliq muammoni ijobiy hal etdi
Xalqimiz azaldan suvni tabiatning bebaho neʼmati deb bilgan. Uni tejab, oqilona foydalanishga eʼtibor berib kelgan. Xalqimizning suvni zarga, suvchini zargarga mengzashida ham chuqur maʼno bor. Chunki u tufayli muborak zamin gul va bogʻlarga aylanadi.
Shu jihatdan mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tizimli ishlar hayotga tatbiq etilayotir. Bu jarayonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham faol ishtirok etmoqda.
Parlament quyi palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzolari R.Begmatov, O.Otaxonova va D.Xolboyevalar mazkur qaror ijrosini Fargʻona viloyati misolida oʻrgandi.
Xalq vakillari viloyatdagi oʻrganishlari davomida Fargʻona, Qoʻshtepa, Toshloq va Rishton tumanlarida boʻlib, bir qator fermer xoʻjaliklari faoliyati bilan tanishishdi.
Dastlabki manzil Fargʻona tumani boʻldi. Bugungi kunda tumanda 1829 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish belgilangan. Shundan 1579 gektari paxta, 250 gektari gʻalla maydoni hisoblanadi. Ayni vaqtda 9 ta fermer xoʻjaligining 1227 gektar maydonida tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish uchun 13 761 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Shuningdek, tumandagi «Shox Shahnoza», “Mindon Sulaymoni”, “Mirza yangi nihollari”, “Muhammad Sodiq Yusuf”, “Fayzli Neʼmatjon”, “Baraka Shabbodasi” hamda «Fergana Oseana» MCHJda 9 dona nasos va filtr oʻrnatilgan. Ammo «Valijon Jamshidbek», «Mindon agrochashma», “Chimyon boʻstoni” va boshqa fermer xoʻjaliklari imtiyozli kredit olish uchun barcha zarur hujjatlarni topshirgan boʻlsada, lekin ularga kredit mablagʻlari haligacha ajratilmagan.
Deputatlar bu masalalar yuzasidan «Agrobank»ning tuman filiali vakillari bilan uchrashib, muammoni joyida ijobiy hal etishdi.
Shu kuni xalq noiblari «Fargʻona asiya» klasteri faoliyati bilan tanishib, bu yerda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.
Suhbat jarayonida klaster rahbari ekinlarni sugʻorishda suv bilan bogʻliq muammo borligini aytib, artezian qudugʻini qazdirish va elektr tarmogʻini tortib kelishda deputatlardan koʻmak soʻrashdi.
Xalq vakillari bu masalani oʻz nazoratiga olib, tuman hokimi va tuman elektr taʼminoti korxonasi rahbari bilan uchrashib, muammoni hal etish choralarini koʻrdi.
Uchrashuvlar davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari viloyatning bir qator tumanlarida boʻlib, Prezidentimizning yuqoridagi qarori ijrosini oʻrgandilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring