Deputat tashabbusi bilan kutubxona tashkil etildi

14:24 10 Mart 2026 Jamiyat
133 0

Mamlakatimizda kitobxonlikni targʻib qilish, aholi ayniqsa yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada har birimiz oʻzimizdan kelib chiqqan holda tashabbus koʻrsatishimiz muhim. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muborakxon Otaxonova boshlab bergan xayrli ish ana shunday ibratli tashabbuslardan biri boʻldi. Uning saʼy-harakatlari bilan Shahrixon tumanidagi 29-umumtaʼlim maktabida “Xalq qabulxonasi” foydalanishga topshirildi. Bu maqsadda yangi bino qurilib, zamonaviy kompyuter jamlanmalari hamda ikki mingdan ortiq kitob bilan taʼminlandi.

— Yangi kutubxona biz uchun juda katta imkoniyat boʻldi, — deydi mazkur maktab oʻquvchisi Zulxumor Temirova. — Bu yerda kitoblar juda koʻp, kompyuterlar ham bor. Darsdan keyin kelib kitob oʻqish, maʼlumot izlash uchun barcha sharoit yaratilgan. Ayniqsa, yangi va qiziqarli adabiyotlar koʻpligi biz kabi oʻquvchilarni mutolaaga yanada qiziqtirmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, elektron nashrlar axborot olishni yengillashtiradi, ammo bosma kitoblarning taʼsir kuchi hamon yuqori hisoblanadi. Turli tadqiqotlarga koʻra, oʻquvchilarning qariyb 60–70 foizi maʼlumotni bosma kitobdan oʻqiganda yaxshiroq oʻzlashtiradi. Shu bois elektron manbalar qanchalik ommalashmasin, kitob mutolaasi jarayoni inson tafakkuriga taʼsir etuvchi eng samarali vositalardan biri boʻlib qolaveradi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер