«Debat Xoll» — munozara va muhokamalar markazi
Saylov demokratik davlatchilikning yorqin namunasi, fuqarolarimizning saylash va saylanish, davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqaradi.
Poytaxtimiz markazida tashkil etilgan “Debat Xoll” media markazi ayni jarayonlarni yoritishda yagona maydon vazifasini o‘taydi, desak, ayni haqiqat.
“Debat Xoll” — Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klub tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik doirasida ochiq siyosiy munozaralar va debatlar o‘tkazish uchun tashkil etilgan axborot markazidir.

Ta’kidlash joizki, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar hamda deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga, asosan, ularni bir joyga jamlab, chinakam siyosiy debatga zamin yaratuvchi ushbu markazda barcha qulaylik yaratilgan.
Bugun ushbu markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi vakillari, Milliy media birlashmasi va Jurnalistlar uyushmasi mutasaddilari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Markaz ochilishidan so‘ng, “Debat Xoll”da saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning raislari o‘rtasida birinchi debat tashkil etildi.

Mazkur maydonda debatlardan tashqari yuqori darajadagi spikerlar ishtirok etib, eksklyuziv ma’lumotlarni saylovchilar bilan bo‘lishadi. Jurnalistlar uchun saylovlarni yoritishga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkaziladi. Bu saylov bilan bog‘liq jarayonlarni yoritishda xolislik va shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashadi.
«Xalq so‘zi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring