Davlatoboddagi “Yoshlar bogʻi” yangi qiyofada
Namangan viloyati markazidagi Porloq mahallasi hududiga joylashgan ushbu bogʻ bundan ancha yillar ilgari barpo etilgan boʻlib, soʻnggi paytlarda qarovsiz holga tushib qolgan edi. Mahalliy hokimlik balansiga olingach uni aholi uchun xavfsiz, qulay saylgohga aylantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilishi bilan zamonga mos yangi koʻrinishdagi istirohat va koʻngilochar maskan sifatida oʻz eshiklarini qaytadan ochdi.

Bu yerda loyiha doirasida Respublika byudjetidan 7,8 milliard soʻm mablagʻ ajratilib, hududda keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Jumladan, elektr tarmoqlari toʻliq yangilandi, sugʻorish tizimi rekonstruksiya qilindi, hudud obodonlashtirilib, qaytadan koʻkalamzorlashtirildi. Eng ahamiyatlisi, ushbu loyiha natijasida 75 ta yangi ish oʻrni yaratildi, 35 nafardan ortiq tadbirkor oʻz faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega boʻldi.

- Yangilangan bogʻ barcha uchun ochiq boʻlib, u faqat yigit-qizlarning oʻzi emas, balki barcha fuqarolar, kattalar hamda bolajonlar uchun ham qulay va mazmunli dam olish oshyoni sifatida xizmat qiladi, — deydi yoshlar ishlari agentligi Davlatobod tuman boʻlimi boshligʻi Umidbek Valijonov. – Ayni paytda bu yerda bunyodkorlik tadbirlari davom ettirilmoqda. Yaqin vaqt ichida bogʻ toʻliq rekonstruksiyadan chiqarilib, qoʻshimcha ravishda yana koʻplab koʻngilochar oʻyinlar va sport infratuzilmasini yaratish hamda xizmat turlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring