Daniya Rossiya dengiz flotini provokatsiyalarda aybladi
Daniya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiy-dengiz flotining provokatsion xatti-harakatlarini tanqid qildi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Rossiya harbiy kemalari soʻnggi paytlarda bir necha bor Daniya kemalari bilan toʻqnashuv yoʻnalishida harakatlangan va harbiy kemalarga qurol qaratgan. Shuningdek, Daniya boʻgʻozlarida navigatsiya tizimlarini ham ishdan chiqqan.
Daniya mudofaa vazirligining bildirishicha, bunday harakatlar Rossiya dengiz flotini provokatsiyasi hisoblanib, kutilmaganda mojaroga aylanib ketishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Daniya boʻgʻozlari xalqaro yuk tashish yoʻlagi boʻlib, Rossiya harbiy kemalari ushbu boʻgʻozlar orqali tez-tez harakatlanadi. Ular odatda Daniya dengiz floti tomonidan kuzatib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring