Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari taʼsiri ostida boʻldi, 13-iyundan boshlab esa janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kela boshlaydi. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Unda aytilishicha, asosan, kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin koʻtariladi. Juma kuni kunduzi harorat 33-35 daraja boʻladi, dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarida esa harorat 40-42 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq kuzatiladi. Togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kuni kunduzi 35 daraja atrofida, dam olish kunlari harorat 36-38 darajagacha koʻtariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring