Chorvachilikda baraka manbai
Foto: “Xalq so‘zi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklariga chetdan keltiriladigan zotdor qoramol, qo‘y va echkilar uchun imtiyoz berilishi naslchilik ishlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Samarqand tumanida bugungi kunda jami 38 ta qoramolchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, shundan 18 tasi naslchilikka ixtisoslashgan. Ushbu xo‘jaliklarda hozirda 3320 bosh qoramol parvarishlanmoqda. Joriy yilning o‘tgan 10 oyida xo‘jaliklar tomonidan 5131 tonna sut va 966 tonna go‘sht ishlab chiqarilgan.
Tumandagi “Chorva sut servis” naslchilik yo‘nalishidagi chorvachilik xo‘jaligida ham asosiy eʼtibor naslchilik ishini jadallashtirishga qaratilgan.
- Prezidentimiz qarori asosida chetdan keltirilgan har bir bosh naslli qoramollar uchun subsidiya mablag‘i berilishi bizga katta madad bo‘lmoqda, - deydi “Chorva sut servis” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Ismoil Ochilov. - Fermer xo‘jaligimiz tomonidan 2015-2018 yillar davomida Polsha va Germaniya davlatidan jami 160 bosh g‘unajin keltirilgan bo‘lib, bugungi kunda 350 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda. Mavjud 195 bosh sog‘in sigirlarning har biridan bir kunda 30-35 litr sut sog‘ib olinyapti.
Fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 1272 tonna sut va 7 tonna go‘sht ishlab chiqarilgan.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, "Xalq so‘zi".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring