Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: “Xalq so‘zi”
Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qilmoqda.
Bugun, 24-yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod koʻchasida joylashagan omborxonada yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman FV boʻlimiga xabar kelib tushgan. Shunga koʻra, 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yongʻin soat 10:57 da qurshab olindi va hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda
Dastlabki maʻlumotlarga koʻra omborxonaning taxminan 250 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Avvalroq, Urgut savdo kompleksidagi doʻkonlarda yongʻin sodir boʻlgan edi. Shuningdek, Toshkentdagi yoʻlovchi avtobusida yongʻin chiqqanligi xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring