Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha navbatdagi imtihon sanasi maʼlum boʻldi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihon sanasi eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra:
- imtihonning yozma qismi — 14-15-16-fevral kunlari;
- gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari — 16-fevraldan 6-martgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) boʻlib oʻtadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.
Shuningdek, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring