Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
“Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi:
- 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlash;
- Oʻzbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.
Shuningdek, ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring