Chexiya bir yil ichida Ukrainaga kosmik sunʼiy yoʻldosh sovgʻa qilishini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Chexiya bir yil ichida Yerni kuzatuvchi sunʼiy yoʻldoshni qurib, Ukrainaga sovgʻa qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Novinky” nashri Chexiya transport vaziri Martin Kupkaga tayanib xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu sunʼiy yoʻldosh ob-havo sharoiti va sutkaning istalgan vaqtida Yer yuzasida sodir boʻlayotgan voqealar haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi. Hozirda Ukrainada bunday texnologiya yoʻq va Kiyev xorijdan olingan maʼlumotlarga tayanishga majbur boʻlmoqda.
“Biz ishonamizki, bu missiya Ukrainaga koinotdagi imkoniyatlarini mustahkamlashga yordam beradi va bir vaqtning oʻzida bu sohadagi hamkorligimizni qoʻllab-quvvatlaydi”, — dedi Kupka.
Vazirning taʼkidlashicha, Chexiya Ukrainaga kosmik yordamning bunday shaklini taqdim etadigan birinchi davlat boʻladi. Sunʼiy yoʻldoshni ishlab chiqarishda kosmik texnologiyalar, xususan, kichik sunʼiy yoʻldosh qurish boʻyicha tajribaga ega Chexiya kompaniyalari ishtirok etadi.
Sunʼiy yoʻldosh bir nechta sohalarda radar skanerlash tizimi, optik va radiatsiyani aniqlash va radio spektrini kuzatishni birlashtiradigan texnologiya bilan jihozlanishi kutilmoqda. Chexiya rasmiylarining fikricha, bu tungi vaqtda, jumladan, noqulay ob-havo sharoitida ham Yer yuzasini kuzatish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring