Chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilari boshqa ish qidirsinmi?
“Ustoz-muallimsiz qolganda zamon, nodonlikdan qaro boʻlardi zamon”. Buyuk Abdurahmon Jomiyning ushbu misralari ustozlik qanchalik muhim kasb ekanini mudom eslatib turadi.
Maktabda oʻqigan davrimizda harbiy taʼlimdan dars oʻtadigan ustozimizga oʻzgacha hurmat bilan qarar, unga havas qilar edik. “Kelajakda men xam ustozimday harbiy boʻlaman” deydigan yoshlar juda koʻp boʻlardi. Oʻzim ham harbiy sohada ishlab koʻrganim bois, bu soha tarbiyalagan insonlarda vatanparvarlik, intizom va kasbiga sadoqat qanchalik yuqori boʻlishining guvohi boʻlganman.
Maʼlumki, keyingi yillarda taʼlim sohasiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda. Ammo hozirgi kunda joylardagi uchrashuvlar davomida chaqiriqqacha harbiy taʼlim oʻqituvchilarining oʻziga xos muammolari ham yoʻq emasligi maʼlum boʻlmoqda. Muammo esa oylik ish haqiga borib taqaladi.
Xabarimiz bor, kollej tizimi tugatilib, mazkur fan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga maktab direktorining vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga oʻtkazildi. Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosaridan ularning nimasi kam?.. Ikkita oʻrinbosar, ammo ikki xil oylik ish haqi.
Oʻrinbosar lavozimi boʻlganligi bois hatto sinf rahbarligi va direktor fondi ustamalaridan ham mahrum ekanliklari Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilarining oʻylab koʻrishlari dolzarb boʻlgan muammo ekanligidan dalolat bermoqda. Bu masala aslida uncha murakkab emas, tartib-qoida boʻyicha muammoni hal etish mumkin. Maktab direktorlarining yaqin koʻmakchisi boʻlgan mazkur fan oʻqituvchilari boshqa ish izlab sarson yurmasalar yaxshi boʻlardi.
Dilbar Mamadjanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring