Samarqandda yaroqsiz dori vositalari yoʻq qilindi
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan, sudlar tomonidan taqdim qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning tegishli bandlariga asosan, sifati kafolatlanmagan va isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalarini yoʻq qilish boʻyicha navbatdagi tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat bojxona, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
– Samarqand “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati omborxonasida saqlanayotgan, jinoyat ish materiallari boʻyicha ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan dori-darmonlar hamda tibbiyot vositalari sifati kafolatlanmagani uchun qurilish chiqindilari poligonida tashkil etilgan kuydirish pechida yoʻq qilindi, – deydi MIB Samarqand shahar boʻlimi davlat ijrochisi Elmurod Karimov. – Bular 224 turdagi tibbiyot ukolli ampula dorilar, “Kleksan 4000 Anti XA/ME 0,4 ml”, “Kleksan 6000 Anti XA/ME 0,6 ml”, “Kleksan 8000 Anti XA/ME 0,8 ml”, nitrat kislota, glitsirin va boshqa dori vositalaridir.
Shuningdek, qiymati 25 million soʻmlik noqonuniy kirib kelgan tamaki mahsulotlari ham tadbir davomida yoʻq qilindi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring