Byudjetni qonun koʻrinishida qabul qilishning muhimligi nimada?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Parlament aʼzolariga qonun loyihasi bilan birga 2022–2023-yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari prognozi ham taqdim etildi.
“Byudjetni qonun koʻrinishida qabul qilish va ijrosini taʼminlashning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu jarayonda mahalliy Kengashlarning roli va mustaqilligi borgan sari oshib boryapti. Ular tomonidan soliq va byudjet siyosatiga doir taklif va tavsiyalarning aksariyati muhokama qilinayotgan loyihada oʻz aksini topayotgani diqqatga sazovor”, — dedi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov
Qonun loyihasida byudjet sohasiga oid qator oʻzgartirishlar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasiga koronavirus pandemiyasi davrida birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga respublika byudjetidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish vakolati berilmoqda. Shuningdek, mahalliy hokimliklarga yuqori turuvchi byudjetlardan ajratilishi rejalashtirilgan byudjetlararo transfertlar miqdorlarini inobatga olib, tegishli mahalliy byudjetlar loyihalari balansliligini taʼminlagan holda navbatdagi yil uchun tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va xarajatlar prognozlariga teng miqdorda oʻzgartirishlar kiritish huquqi taqdim etilmoqda.
«Bundan 4-5 yil oldingi davr bilan solishtirsak, byudjet loyihasi tayyorlanayotganda mahalliy hokimiyatlar byudjet daromadlari va xarajatlari boʻyicha taklif ham berolmasdi, bersa ham hech kim uni inobatga olmasdi. Hozir vaziyat tubdan oʻzgarganligini 2021-yil uchun Davlat byudjeti qonun loyihasining 3 bobida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ushbu bobda byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari toʻliq ochib berilgan», — dedi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov
Xalq vakillarining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan bergan savollariga Hukumat aʼzolari, mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullari atroflicha javob qaytardilar, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring