Buxoroda “Nafosat” festivali boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari Buxoro shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha komissiyasi tashabbusi bilan «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar koʻmagida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kiyinish madaniyatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali boʻlib oʻtdi.
Festival doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, seminar-trening davomida bugungi kunda moda sohasidagi yangiliklar, kelgusida mazkur yoʻnalishni yana-da rivojlantirish borasidagi rejalar, qolaversa, dizaynerlarimiz tomonidan milliylikni oʻzida mujassam etgan ijod namunalarini yaratish va ularning targʻibotini olib borish toʻgʻrisida fikr almashildi.
Bundan tashqari, “Buxoro milliy liboslari tarixi” modalar namoyishi oʻtkazildi. Unda Buxoro viloyati hunarmand uyushmasi hamda «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi vakillari “Ovatsiya” modalar teatri tomonidan liboslar taqdimoti oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Qadimiy Turon Afsonasi”, “Buxoro ertaklari”, «Modnaya Buxara», “Maftunkor Sharq ayoli” kolleksiyalar toʻplamlari taqdim etildi.
Tadbirning ikkinchi kunida festival ishtirokchilari “BCT Denim Devision” TM, “Shofirkon ekvatorial teks” MCHJ va “Bukhara Brilliant Silk” yetakchi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, ushbu muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Buxoro shahridagi Mohi-Xosa qadimiy liboslar muzeyiga sayohat uyushtirilib, tadbir aʼzolari oʻzaro tajriba almashishlari uchun mahorat darslari olib borildi. Qolaversa, “Zamonaviy oʻzbek modasi, anʼanalar va yangi dizaynlar” deb nomlangan modalar va yetakchi oʻzbek dizaynerlari tomonidan tayyorlangan yangi kolleksiyalar namoyishlari oʻtkazildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish boʻyicha tanlov hamda “Libos – millatning madaniyat belgisi va “maʼnaviyat timsoli”, “Zamonaviy oʻzbek ayolining imiji”, “Oʻzbek milliy modasi” mavzularida dizayner, mutaxassislar va yoshlar ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazilib, sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring