Buxoroda kredit uchun garovga qoʻyilgan mulklarni sotgan va jamiyatni qasddan bankrotlik holatiga olib kelgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

12:15 25 Iyun 2021 Jamiyat
725 0

Buxoroda kredit mablagʻining garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklarni sotib yuborgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Xabarga koʻra, Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “A.B.» MCHJ rahbari R.N. jamiyatga bank muassasasidan koʻp qavatli uy-joylarni qurish uchun ajratilgan kreditning garov taʼminoti sifatida turgan 6 ta koʻchmas mulkni boshqa fuqarolarga jami 854,2 mln soʻmga naqd pulga sotib yuborib, ushbu pul mablagʻlarini jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan, jami 501 mln soʻmlik qarzdorligini toʻlashdan boʻyin tovlab, jamiyatni qasddan bankrotlik holatiga olib kelganligi oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер