Buxoroda IIB xodimi oʻz xizmat xonasida voyaga yetmagan bolani qiynoqqa soldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanida IIB xodim oʻz xizmat xonasida voyaga yetmagan bolani qiynoqqa solgani aks etgan videotasvir keng tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni nazoratga olganini maʼlum qildi.
Bolalar ombudsmani tomonidan mazkur videodagi holat boʻyicha tegishli tekshiruv oʻtkazish va bolaga nisbatan sodir etilayotgan gʻayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga soʻrov kiritilgan.
“Hozirda holat Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan oʻrganilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani har qanday vaziyatda bolaga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlish shartligini taʼkidlagan holda, bolaning huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslarga qonun doirasida qatʼiy chora koʻrilishi zarurligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring