Buxoroda 51 yoshli ayol oʻzini 8-qavatdan tashlamoqchi boʻldi
Joriy yilning 3-may kuni taxminan soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xoʻjayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar taʼsirida, ruhiyatida oʻzgarishlar kelib chiqqan.
Ayol shu sababli Buxoro shahar Ibrohim Moʻminov koʻchasida joylashgan 8 (sakkiz) qavatli qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan oʻzini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar boʻlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika katta inspektori katta leytenant Mirzayev Izzat Choriyevich u bilan tushuntirish-muzokara ishlarini olib borib, oʻz vaqtida koʻrgan kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar natijasida ushbu noxush yakun topishi mumkin boʻlgan holatning oldi olinib, ayolning hayoti qutqarib qolindi.
Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam koʻrsatilib, voqea sabablari oʻrganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring