Bugun Prezident tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshiradi

09:55 20 Avgust 2025 Siyosat
116 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlagan edi. Davlat rahbari bugun, 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021-yil 20-avgustida oʻtkazilgan edi. Oʻsha uchrashuvda davlatimiz rahbari bunday tadbirni har yili oʻtkazish va 20-avgustni Tadbirkorlar kuni deb eʼlon qilishni taklif qilgandi.

Shundan buyon uchrashuvlar anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgani, ularda tadbirkorlarni oʻylantirayotgan masalalar muhokama qilinayotgani va ular bilan maslahatlashgan holda qarorlar qabul qilinayotgani Prezidentimizning tadbirkorlik sohasiga qaratayotgan alohida eʼtiborning yorqin ifodasi boʻlib kelmoqda.

Shu kungacha ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda oʻz aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. “Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.

Bugungi uchrashuvda davlatimiz rahbari ushbu murojaatlarni oʻrganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada koʻp qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер