Bugun Xalqaro muzeylar kuni: oʻtmishdan yuz ming hikoya
Muzeylar tarix tilsimi. Namangandagi bunday xazinaxona roppa-rosa bir asr avval-1920-yilda tashkil topgan edi. Uning eksponatlari bugunga kelib yuz mingdan oshib ketgan. Har biri oʻz davridan hikoya soʻzlaydigan buyum va ashyolar orasida islomgacha boʻlgan davrdan yetib kelgan qamish tobutlardan tortib, 600 ming avval yashagan karkidonning bosh suyagigacha bor. Umuman olganda muzeyning sakkizta boʻlimidan koʻhna va navqiron Namanganning tabiiy boyliklari, hayvonot va nabotot dunyosi namunalari, tarix, madaniyat, maʼnaviyat, sanʼat, iqtisodiyot va aholi turmushiga bogʻliq bir-biridan qimmatli materiallar oʻrin olgan.
— Muassasamiz olis va yaqin tarixni mujassamlashtirgan robita sifatida xalqimizga munosib xizmat qilmoqda, — deydi Namangan viloyat tarixi va madaniyati Davlat muzeyi direktori oʻrinbosari Muzaffar Karimov. — Bu yerda mehnat qilayotgan 80 kishilik ahil jamoaning 24 nafari ilmiy xodimlar boʻlib, oʻz izlanishlari bilan eksponat va muhim maʼlumotlar bazasini kengaytirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Maʼlumot uchun, bir asrlik yubileyini qarshi olishga astoydil harakat qilayotgan muzeyni taʼmirlash uchun Namangan viloyat hokimligi tomonidan 1,8 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, ayni paytda tadbirlar rejasiga kiritilgan yumushlar nihoyasiga yetkazilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring