Bugun “Islomxoʻja” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi
Bugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida soat 18:30da haqiqiy kino ixlosmandlari, mutaxassislari tomonidan orziqib kutilayotgan “Islomxoʻja” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi. Sanʼatshunos Hasan Toshxoʻjayevning fikricha, rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan mazkur kino kartina oʻzbek milliy kinematografiya sohasida oʻziga xos inqilob yasaydi. Uning aytishicha, “Islomxoʻja” filmi shu paytgacha kino sanʼatida (sanoatida emas!) asrlar osha muhim sanalgan eskicha yondashuvlar, “Film mana shunday boʻlishi kerak, tamom-vassalom!” singari qatʼiy cheklashlarni, inson taxayyulining cheksiz parvoziga qoʻyilgan temir zanjirlarni parchalab tashlagan.
Bu qarashlar qay darajada haqiqatga yaqin yoki yiroqligini esa bevosita ana shu filmni tomosha qilib, ishonch hosil qilish mumkin.
Keling, koʻring, fikringizni ayting.
Maʼlumot uchun, “Islomxoʻja” – ushbu yangi badiiy-publitsistik film XX asr boshlarida nafaqat Xorazm muzofoti balki, butun Markaziy Osiyo hududi, hatto Chor Rossiyasining amaldorlari orasida yuksak nufuzga ega boʻlgan Xiva xonligi Bosh vaziri Islomxoʻjaning hayoti va mehnat faoliyati haqida hikoya qiladi. Oʻz davrining taraqqiyparvar, xalqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri boʻlgan Islomxoʻja 17 yoshidan xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmish Xazorasp bekligiga xokimlik qilgan, 26 yoshida Xiva xonligining Bosh vaziri etib tayinlangan. Valiahd Asfandiyor toʻraning hukmronligi davrida Islomxoʻja xonlikning barcha muhim va maʼsuliyatli vazifalarini oʻz zimmasiga olib, koʻplab inshootlar qurdirgan. Qator sohalarda islohotlar olib borgan. Biroq, xonlikning eng yuqori amaldori, buyuk islohotchi Islomxoʻja sirli ravishda oʻldirilib, hatto qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari bosdi-bosdi qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring